Ijtimoiy-gumanitar fanlar

DAVRNI IDROK ETISHNING PROFESSIONAL FAOLIYATDAGI AHAMIYATI

Vaqt falsafasi, professional faoliyat, zamonaviylik, pedagogika, rahbarlik, jamiyat taraqqiyoti, fenomenologiya, germenevtika, O‘zbekiston, Sharq va G‘arb falsafasi, ma’naviy kamolot.

Mualliflar

Maqolada davrni idrok etish fenomeni falsafiy, nazariy va amaliy nuqtai nazardan tahlil qilingan. G‘arb falsafasida Bergson, James, M.Haydegger qarashlari, Sharq tafakkurida esa Ibn Sino, Farobiy va Konfutsiychilikning yondashuvlari qiyosiy o‘rganiladi. Alisher Navoiy asarlarida davrni anglashning ma’naviy jihatlari yoritiladi. Tadqiqot davomida an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar birlashtirilib, professional faoliyat – pedagogika, ilm-fan, yozuvchilik va boshqaruv sohasida davrni munosib anglashning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida mustaqillik davri va “Yangi O‘zbekiston” strategiyasi kontekstida davrni idrok etishning dolzarbligi ochib beriladi.