Tabiiy fanlar

G‘ALLA EKINLARIDA UCHRAYDIGAN IKKI PALLALI BEGONA O‘TLARGA QARSHI KURASHDA SAMRANE VA STARANE GERBITSIDLARINING AGROBIOLOGIK SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH

Kuzgi bug‘doy, begona o‘tlar, gerbitsidlar, Samrani, Starane Ekstrim, ikki pallali begona o‘tlar, samaradorlik, doza tanlovi, agrobiologik baholash.×

Mualliflar

  • Muqaddam ABDUMUMINOVA O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Nilufar TURDIEVA O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti professor, Uzbekistan
  • Sardor NARMATOV O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti (PhD) kichik ilmiy xodim,, Uzbekistan
  • Nargiza SHERNAZAROVA O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktorant, Uzbekistan
  • Qobil MURTOZAYEV O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, Uzbekistan

Ushbu ilmiy tadqiqotda kuzgi bug‘doy ekinlarida uchraydigan bir yillik va ko‘p yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi “Samrani” (0,5 l/ga) hamda “Starane Ekstrim” (0,5 va 0,6 l/ga) gerbitsidlarining nazorat samaradorligi baholandi. Gerbitsidlar qo‘llangandan so‘ng 15, 30 va 60 kun davomida olib borilgan kuzatuvlar natijasida “Samrani” preparati eng yuqori natija – 92,5% samaradorlikni ko‘rsatdi. “Starane Ekstrim” esa 0,6 l/ga me’yorida 90,4% va 0,5 l/ga da esa 86,0% natija qayd etdi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, begona o‘tlarni samarali boshqarishda gerbitsid me’yorining to‘g‘ri tanlanishi asosiy omillardan biridir.