Tabiiy fanlar

INDOKSAKARB BILAN INTOKSIKATSIYALANGAN HOMILADOR KALAMUSHLARNING QON PLAZMASIDAGI TRANSFERAZA FERMENTLARI VA BILIRUBIN MIQDORIGA AYRIM FLAVONOIDLARNING TA’SIRI

jigar, indoksakarb, ALT, AST, bilirubin, soforoflavonozid (SFL), narsissin.

Mualliflar

  • Mashhura ABDURAXMANOVA Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti, PhD, Uzbekistan
  • Ma’murjon POZILOV O‘zbekiston Milliy universiteti professori, biologiya fanlari doktori, Uzbekistan
  • Parida MIRXAMIDOVA O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori, biologiya fanlari doktori, Uzbekistan
  • Sabir NISHANBAEV O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti professori, kimyo fanlari doktori, Uzbekistan
  • Baxodir OXUNDEDAEV O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti kichik ilmiy xodimi, PhD, Uzbekistan
  • Dilnoza AXMEDOVA O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan

Ushbu ishda indoksakarb pestitsidi bilan intoksikatsiyalangan homilador kalamushlarning qon plazmasidagi transferaza fermentlari va bilirubin miqdoriga soforoflavonozid (SFL) va narsissin flavonoidlarining ta’siri o’rganilgan. Homiladorlikning 3- va 13-kunlarida kalamushlarni indoksakarb pestitsidining 1/10 LD50 dozasi bilan bir martalik zaharlantirilgan hamda shu kundan boshlab 7 kun davomida 10 mg/kg dozadan nartsissin va SFL flavonoidlari peroral usulda yuborilgan. Tajriba kalamushlari IV guruhga ajratib o’rganilgan. Flavonoid birikmalar indoksakarb bilan zaharganlagan homilador kalamushlarning alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (AST) va umumiy bilirubin miqdorini kamaytirganligi aniqlangan.