Tabiiy fanlar

KARAKATA BOTIQLIGI QUYI EOTSEN YOTQIZIQLARIDAGI YONUVCHI SLANESLARNING MINERALOGIK VA GEOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI

yonuvchi slanes, birlamchi oreollar, korrelyasion tahlil, slanes smolasi, yotish sharoitlari,gilli minerallar, metallorganik birikmalar.

Mualliflar

  • Odil RAZIKOV, O‘zbekiston milliy universiteti professori v.b., geologiya-mineralogiya fanlari doktori, Uzbekistan
  • Burxon NURTAYEV O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Uzruh NAZAROV, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi tayanch doktoranti, Uzbekistan

Ushbu maqolada Karakata botiqligi quyi eotsen yotqiziqlaridagi yonuvchi slaneslarning asosiy jins hosil qiluvchi togʻ jinsi boʻlaklari hamda minerallar va geokimyoviy xususiyatlari haqida bir nechta ma’lumotlar keltirilgan. Markaziy Qizilqumdagi Sangruntau va Aktau konlarida olib borilgan geologik-tadqiqot ishlari, yonuvchi slaneslarning geokimyoviy xususiyatlarini aniqlash uchun korreliyatsion tahlil usullari qo‘llanilgan hamda yonuvchi slaneslarning tarkibidagi nodir metallarni birlamchi oreollari aniqlangan. Xulosa qilib, yonuvchi slaneslarning mineralogik va geokimyoviy xususiyatlarini aniqlash yonuvchi slanes konlarini hosil bo‘lish sharoitlarini hamda yondosh foydoli qazilmalarni aniqlashga imkon yaratadi.