Tabiiy fanlar

PM6 DONORGA POLIMER ERITMASINI QO’SHISH ORQALI POLIMER QUYOSH ELEMENTLARNING SAMARADORLIGINI TADQIQ QILISH

: D18:L8-Bo, D18-C6Ch:L8-Bo, organik quyosh elementi, fulleren bo’lmagan, yutilish, fotolyuminessensiya, “spin coating”

Mualliflar

  • Lobar NURUMBETOVA Nilufar OTAQULOVA U.A. Arifov nomidagi Ion plazma va Lazer texnologiyalari instituti katta ilmiy xodimi,U.A. Arifov nomidagi Ion plazma va Lazer texnologiyalari instituti kichik ilmiy xodimi , Uzbekistan
  • Sanabar REYMBAEVA O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi , Uzbekistan

Ushbu ishda suyuq kristall xususiyatga ega tetra-ftorofenil azid (PFFA) polimeri PM6:L8-BO donor/akseptor aralashmaga qoʻshimcha sifatida ya’ni donor PM6 ga qoʻshildi va yaxshilangan morfologiya bilan birga yuqori samaradorlikga erishildi. Bu modifikatsiya natijasida faol qatlamning yorug‘lik yutilish spektri kengayib, fotonlarning yutilish ehtimoli oshdi va ko‘proq fotoinduksiyalangan zaryad tashuvchilar (elektronlar va kovaklar) hosil bo‘ldi. Fazalararo chegaralarda rekombinatsiya jarayonlarining susayishi va zaryad tashuvchilarning harakatchanligining ortishi tufayli to‘ldirish faktori (FF) 79,4% gacha ko‘tarildi. Polimer quyosh elementlari (PQE)ning fotovoltaik parametrlari (Jsc, Voc, FF) yaxshilangani natijasida energiya o‘zgartirish samaradorligi (EOʻS) 17,7% dan 18,2% ga oshdi