Tabiiy fanlar

SAMARQAND VILOYATI O'ZBEK POPULYATSIYASIDA HLA-DRB POLIMORFIZMINING UCHRASH CHASTOTALARINING XUSUSIYATLARI

HLA-genotipirlash, polimorfizm, o‘zbek populatsiyasi, allellar

Mualliflar

Samarqand viloyati tarixiy etnik aralashuvlar markazi sifatida genetik tadqiqotlar uchun noyob hududdir. Ushbu ishda viloyatning o‘zbek aholisida HLA-DRB1, DRB3, DRB4 va DRB5 genlari polimorfizmining tarqalish xususiyatlari o‘rganildi. Genotiplash natijalariga ko‘ra, HLA-DRB1*0101 alleli eng yuqori chastotada (22,3%) aniqlanib, hududda keng tarqalgan shakl sifatida ajralib turdi. DRB3, DRB4 va DRB5 allellarining mavjudligi esa transplantatsiya, autoimmun va infeksion kasalliklarga immun javobning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari viloyat aholisi genofondining xilma-xilligini yoritib berish bilan birga, tibbiyot va klinik immunogenetika sohalarida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi.