Tabiiy fanlar

MONEZIOZGA CHALINGAN QO‘YLAR QONINING MORFOLOGIK VA BIOKIMYOVIY KO‘RSATGICHLARIGA ACHILLEA MILLEFOLIUM L. VA ACHILLEA ARABICA KOTSCHY DORIVOR O‘SIMLIKLARIDAN TAYYORLANGAN FITODAMLAMALARNING TA’SIRI

Achillea millefolium L., Achillea arabica Kotschy, efir moy, GX-MS tahlili, gelmintokoprologik tahlil, antigelmint, monezioz, gematologik ko‘rsatkichlar.

Mualliflar

  • Moxigul ISTAMKULOVA Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Asadullo DAMINOV Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti professori, v.f.d, Uzbekistan
  • Xudoyor KELDIYAROV Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti professori, b.f.n, Uzbekistan

Ushbu tadqiqotda Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida yig‘ilgan Achillea millefolium L. va Achillea arabica Kotschy o‘simliklaridan tayyorlangan fitodamlamalarning qo‘ylardagi ichak gelmintlariga qarshi samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot doirasida o‘simliklarning gullaridan gidrodistillyatsiya usuli yordamida efir moylar ajratib olinib, GX-MS usuli orqali kimyoviy tarkibi o’rganildi. Natijalarga ko‘ra efir moylar tarkibida antigelmint va antimikrob xususiyatlariga ega bo‘lgan, Ascaridole, m-Cymene, Terpinolene, Carvacrol, Thymol kabi biologik faol moddalarning mavjudligi aniqlandi. Shu bilan birga, gelmintokoprologik, gematologik, biokimyoviy tahlillar o‘tkazilib, fitodamlamalar bilan davolangan qo‘ylarda gelmintlar tuxumlari sonining kamayib borishi, qon ko‘rsatgichlari va umumiy oqsil, albumin hamda globulin ko‘rsatkichlarining me’yorga yaqinlashgani kuzatildi. Natijalar fitopreparatlarning antigelmint, yallig‘lanishga qarshi, qon tarkibini me’yorga keltiruvchi va organizmning himoya tizimini faollashtiruvchi ta’sirga ega ekanligini ko‘rsatdi.