Tabiiy fanlar

TAKRORIY SABZAVOT EKINI POMIDORDA QO‘LLANILGAN MINERAL VA ORGANIK O‘G‘ITLAR HAMDA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNI TUPROQDAGI NITRATLI AZOT DINAMIKASIGA TA’SIRI

pomidor, takroriy ekin, mineral o‘g‘itlar, organik o‘g‘itlar, organo-mineral kompost, nitratli azot, tuproq unumdorligi.

Mualliflar

  • Oybek NORMURATOV, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va еtishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti, PhD, dotsent, Uzbekistan
  • Saydulla BOLTAEV Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti professori, q.x.f.d, Uzbekistan
  • Foziljon IMAMOV Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va еtishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti, PhD, Uzbekistan

Mazkur maqolada takroriy sabzavot ekini pomidor yеtishtirish jarayonida qo‘llanilgan mineral va organik o‘g‘itlar hamda organo-mineral kompostlarning tuproqdagi nitratli azot (N-NO3-) dinamikasiga ta’siri o‘rganildi. Tajribalar davomida o‘g‘itlarning turli kombinatsiyalari qo‘llanilib, ularning tuproq unumdorligi, azotning o‘zlashtirilishi va pomidor o‘sishi uchun muhim bo‘lgan agrobiologik omillarga ta’siri tahlil qilindi. Natijalarda mineral va organik o‘g‘itlarning birgalikda qo‘llanishi tuproqda nitratli azotning barqaror saqlanishini, organo-mineral kompostlar esa azotning asta-sekin o‘zlashtirilishini ta’minlashi aniqlandi. Olingan ilmiy ma’lumotlar takroriy sabzavot ekinlarida o‘g‘itlash tizimini takomillashtirish va tuproq unumdorligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.