Tabiiy fanlar

ПРОГНОЗИРОВАНИЕ БИОЛОГИЧЕСКОЙ АКТИВНОСТИ 2-(ФЕНИЛМЕТИЛ)-1H-БЕНЗИМИДАЗОЛА

2-фенилметил-1H-бензимидазол, биологическая активность, фармакологическое прогнозирование, PASS Online, токсичность, GUSAR, in silico.

Mualliflar

  • Гулноза БАБАЕВА Докторант НУУ им. М.Улугбека, ассистент Ташкентского государственного медицинского университета, Uzbekistan

Ushbu ishda biologik faollikka ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan organik birikma - 2-(fenilmetil)-1H-benzimidazol (FAB) moddasining in silico kompleks tadqiqoti o‘tkazildi. PASS Online veb-platformasi yordamida ushbu birikmaning farmakologik xossalari va taxminiy ta’sir mexanizmlari bashorat qilindi. O‘tkir va ekologik toksiklikni baholash uchun GUSAR dasturidan foydalanildi, shu jumladan LD50 (kalamushlar va sichqonlar) modeli hamda ekologik parametrlar: Daphnia magna, Fathead minnow, Tetrahymena pyriformis uchun LD50 va logarifmik biokonsentratsiya koeffitsienti (BCF) hisoblandi. PASS Online natijalari FAB bakteriyalarga qarshi, yallig‘lanishga qarshi va antioksidant faollikka ega bo‘lishi, shuningdek, turli fermentlarni inhibitsiyalash xususiyatiga ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Ushbu ma’lumotlar FABni farmakologik faol modda sifatida yanada chuqurroq o‘rganish va uning ekologik xavfsizligini baholash zarurligini ko‘rsatadi.