Tabiiy fanlar

KARBOKSIMETILKRAXMAL ASOSIDAGI BIOPARCHALANUVCHI POLIMER PLYONKALAR

joʻxori kraxmali, karboksimetillash, karboksimetilkraxmal, almashinish darajasi, polimer plyonka, shaffoflik

Mualliflar

Tadqiqot ishida joʻxori kraxmalini qattiq fazada kimyoviy modifikasiyalash yordamida karboksimetilkraxmalning natriyli tuzi (Na-KMK) olingan. Hosil bo‘lgan Na-KMKning almashinish darajasiga turli omillar taʼsiri o‘rganilgan. Na-KMK makromolekulalarini ko‘p valentli metall ionlari ishtirokida choklash amalga oshirilgan va hosil bo‘lgan polimer iviqlar asosida plyonkasimon materiallar olingan. Polimer plyonkalarning shaffofligi hamda elastiklik xususiyatlari polimer makromolekulalarini choklashda foydalanilgan metall ionlari tabiatiga va miqdoriga bog‘liq ekanligi ko‘rsatib berilgan.