Tabiiy fanlar

TAR MAHSULOTASOSIDA NEFT POLIMERQATRON OLISHKINETIKASI VA JARAYON SAMARADORLIGINI OPTIMALLASHTIRISH

Ikkilamchi TAR mahsulotlari, qatron, piroliz, kinetika, Arrenius tenglamasi, termoliz, degidrogenlash, kislorod miqdori, optimal harorat

Mualliflar

Ushbu tadqiqot gaz-kimyo majmualarini qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan TAR mahsulotidan piroliz jarayonida havo miqdorini aniq o‘lchash va uni bosqichma-bosqich yetkazib berish orqali qatron ajratish jarayonini optimallashtirish, havo ishtirokida piroliz qilish, jarayonning kinetikasini taxlil qilishga orqali iqtisodiy va ekologik jihatdan xavfsiz mahsulotlarga aylantirishning innovatsion yondashuvlarini ilgari suradi. Natijalar qatron tarkibida aromatik birikmalar, reaktiv funksional guruhlar va tarmoqlangan uglerod zanjirlarining mavjudligini ko‘rsatdi. Arrenius tenglamasi asosida reaksiya uchun aktivlanish energiyasi (Ea) va kinetik tezlik doimiysi (k) hisoblab chiqildi. Bu jarayonning energiyaga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va uning samaradorligini baholash imkonini berdi.