Tabiiy fanlar

KEMPFEROL VA UNING HOSILALARINING BIOLOGIK FAOLLIKLARINI IN SILICO MODELLARI YORDAMIDA O‘RGANISH VA O‘ZARO TAQQOSLASH

kempferol, morfolin, In Silico, Gusar online, AntiBac Pred, AntiFun Pred, Pass online Pa va Pi qiymat, farmakologik potensial.

Mualliflar

Flavonoidlar yuqori biologik faollikka ega birikmalar bo‘lib, ular antioksidantlik, yallig‘lanish, rak va mikroblarga qarshi faollik namoyon qilish xususiyatiga ega. Kempferol va uning hosilalari ham bunday faollikni yaqqol namoyon qiladi. Ushbu tadqiqot kempferol va kempferol-8-morfolinometilning biologik faolligini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Tadqiqot GUSAR Online dasturi yordamida bakteriya va zamburug‘larga qarshi faolligini, PASS Online dasturi orqali esa biologik faollik turlarini bashorat qilish orqali amalga oshirildi. Olingan natijalar birikmalarning potentsial farmakologik xususiyatlarini aniqlash hamda ularni o‘zaro taqqoslash imkonini berdi.