Tabiiy fanlar

PIRASETAMNING, Co(II) IONI VA ATSETILSALITSIL KISLOTASI BILAN ARALASH LIGANDLI KOMPLEKS BIRIKMASI SINTEZI VA IQ-SPEKTROSKOPIYA TAHLILI

Kobalt(II), pirasetam, atsetilsalitsilat kislota, aralash ligandli kompleks, sintez, IQ-spektroskopiya, karbonil guruhi, karboksilat guruhi, koordinatsion birikmalar

Mualliflar

Ushbu ishda kobalt(II) ionining pirasetam va atsetilsalitsilat kislotasi (ASK) bilan aralash ligandli kompleks birikmasini sintez qilish va uni IQ-spektroskopiya usuli yordamida oʻrganish amalga oshirildi. Kompleks birikma suluv muhitda sintez qilinib, uning tarkibi element tahlili va termogravimetrik tahlil yordamida aniqlangan. IQ-spektroskopiya usuli yordamida kompleksning molekulyar tuzilishi va funksional guruhlarning bogʻlanish xususiyatlari oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, kobalt(II) ioni pirasetamning karbonil guruhi va atsetilsalitsilat kislotasining karboksilat guruhi bilan barqaror aralash ligandli kompleks hosil qiladi. Kompleksning asosiy IQ-spektral chiziqlari 1600-1650 sm⁻¹ (νC=O), 1550-1600 sm⁻¹ (νₐₛCOO⁻), 1380-1420 sm⁻¹ (νₛCOO⁻) va 500-600 sm⁻¹ (νCo-O) sohalarida kuzatilgan. Sintez qilingan kompleksning nootropik va yalligʻlanishga qarshi potensial faolligi dori vositalari sifatida qoʻllash imkoniyatlarini ochib beradi.