Tabiiy fanlar

YENAMINON HOSILALARINING BOSQICHLI SINTEZI

yenaminonlar, gomoveratrilamin, uch komponentli kondensatsiya, iminlar, asetosirka efiri, aromatik aldegidlar, organik sintez.

Mualliflar

Ushbu ishda 3,4-dimetoksifeniletilamin (gomoveratrilamin), aromatik aldegidlar va asetosirka efiri ishtirokida uch komponentli kondensatsiya reaksiyasi orqali yangi 5-N-((3,4-dimetoksifeniletil)amino)-2,4-dietilefir-1-metil-3-fenil-siklogeksen-4-ol-1 turkumiga mansub yenaminon hosilalari sintezi amalga oshirildi. Reaksiyalar bosqichli (oraliq iminlar orqali) usullarda olib borildi. Sintezlangan mahsulotlarning tuzilmalari IQ, ¹H, ¹³C YaMR spektroskopik tahlillar orqali tasdiqlandi