Tabiiy fanlar

MIS(II) IONINING, SULFOMETAKSAZOL BILAN KOMPLEKS BIRIKMASI SINTEZI VA IQ-SPEKTROSKOPIYA TAHLILI

Sulfometaksazol (SMX), Cu(II)xlorid, koordinatsiya birikmalari, sintez, analiz, element analiz, SEM-EDX, IQ-spektroskopiya tahlili, strukturaviy tahlil.

Mualliflar

Ushbu maqolada sulfometaksazolning Cu(II) tuzlari bilan, kompleks birikmalarini sintez qilish usullari o‘rganilib chiqildi va ularning tuzilishi fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida o‘rganildi. Sintez qilingan kompleks birikmalar tuzilishi element analizi, SEM-EDX, IQ-spektroskopiya tahlili usullari yordamida analiz qilindi. IQ-spektroskopiya tahlillari asosida tanlangan ligandning bog‘lanuvchi guruhlari hamda funksional guruhlarning siljish cho‘qqilari o‘rganilib, koordinatsion birikma hosil bo‘lganligi tahlil qilindi. Sulfometaksazol asosan bidentat ligand sifatida (ayrim hollarda monodentat ligand sifatida) koordinatsiyalanishda ishtirok etishi tahlillar natijasiga ko‘ra aniqlandi.