Tabiiy fanlar

KARTOSHKA TUGANAKLARIDAN FITOPATOGEN ZAMBURUG‘LARNI AJRATIB OLISH VA ULARGA QARSHI ANTAGONIST MIKROORGANIZMLARNING SAMARASINI BAHOLASH

local potato varieties, potato tubers, storage period, phytopathogenic fungi, Fusarium spp., Alternaria spp., Aspergillus spp., antagonist, Trichoderma asperellum, Bacillus licheniformis.

Mualliflar

  • Baxtiyor RAVSHANOV O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Husniddin KARIMOV O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Xursheda XAMIDOVA O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, b.f.n, Uzbekistan
  • Nodira AZIMOVA O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, b.f.n, Uzbekistan

Toshkent viloyatida yetishtirilgan mahalliy “Serhosil” va “Baraka” navli kartoshka tuganaklaridan 18 ta zamburug‘ izolyatlari ajratib olingan bo’lib, ulardan Fusarium, Alternariya va Aspergillus turkumiga mansub 7 ta izolyatlarning sog‘lom kartoshka tuganaklarida kuchli kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar ekanligi aniqlandi. T. asperellum UzA-4 zamburug‘i va B. licheniformis sh 6.25 bakteriya shtammining ushbu fitopatogen zamburug‘larga nisbatan antagonistlik faolligi in vitro sharoitida o‘rganildi. T. asperellum UzA-4 shtammining Fusarium spp.34 izolyatiga nisbatan 38 mm va Alternariya spp. 31 ga nisbatan 35 mm, B. licheniformis sh 6.25 bakteriyasining Fusarium spp.34 ga nisbatan 20,5 mm ingibirlovchi zona hosil qilishi ma’lum bo‘ldi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##