Tabiiy fanlar

BIOGAZ OLISHDA MIKROORGANIZMLARNI SUBSTRATLARNING KIMYOVIY TARKIBI

biogaz, biologik resurs, muqobil energiya, metanogen bakteriya, Methanosaeta, Methanomicrobium, galofit usimliklar, Karelinia caspia, Atriplix nitens, Glycyrrhiza glabra, Sueada paradoxa

Mualliflar

  • Sitora SAMADIY O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti Biotexnologiya va mikrobiologiya kafedrasi o’qituvchisi (PhD), Uzbekistan

Hozirgi kunda aholi sonining ortib borishi natijasida elektr energiyasi va tabiiy yoqilg‘i mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ham o‘z navbatida keskin ravishda ortib bormoqda. Tabiiy resurs zaxiralarini kamayib borishi, yangi energiya manbalarini izlab topishni talab qilmoqda. Bioetanol, biodizel, biogaz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, bugungi kun biotexnologiyasining eng dolzarb masalalari qatoridan o‘rin olgan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda bu yo‘nalishda izlanishlar, jadallik bilan olib borilmoqda. Mamlakatimizda ham bu masalaga katta e’tibor bilan qaralmoqda.