Tabiiy fanlar

РАЗМЕРНО-ВЕСОВАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА И УПИТАННОСТЬ CYPRINUS CARPIO ОЗЕРА ЗАМОНБОБО

Cyprinus carpio, baliq uzunligi va tana massasi o‘rtasidagi bog‘liqlik, semizlik koeffitsienti, allometrik o‘sish, Zamonbobo ko‘li, O‘zbekiston.

Mualliflar

2023-2025-yillarda olingan natijalar asosida Zamonbobo ko‘li (2000-yillardan boshlab yaratilgan drenaj suvlari to‘planadigan ko‘l, Zarafshon daryosining quyi qismi, O‘zbekiston)dagi Cyprinus carpio (karp) baliqlarining tana uzunligi va massasi o‘rtasidagi bog‘liqlik, shuningdek, semizlik koeffitsienti aniqlangan. Karp ko‘lda 2015-yildan boshlab hovuz baliq xo‘jaliklaridan bir yillik baliqlarni muntazam bo‘lmagan holda tashlab turish natijasida paydo bo‘lgan. 2022-yildan boshlab esa karp doimiy ravishda tijorat baliq oviga tushib kelmoqda. Tanlanmamizdagi karplarning umumiy uzunligi 16,0 – 46,0 sm, standart uzunligi 13,5 – 39,0 sm, umumiy tana massasi esa 70,0 – 1280,0 g diapazonda bo‘ldi. Umumiy uzunlik (TL, sm) bilan standart uzunlik (SL, sm) o‘rtasida kuchli ijobiy chiziqli bog‘liqlik aniqlangan: SL = 0,8638 × TL – 0,8663 (r = 0,99). Umumiy tana massasi (W, g) bilan umumiy tana uzunligi o‘rtasidagi bog‘liqlik darajasi esa quyidagi darajali funksiya regressiya tenglamasi bilan ifodalanadi: W = 0,0493 × TL^2,65 (r = 0,97), ya’ni manfiy allometrik o‘sish kuzatilgan. Ushbu ko‘rsatkichlarning bog‘liqligi logarifmlanganda formula quyidagicha bo‘ladi: lg W = 2,65 × lg TL – 1,307. Fulton bo‘yicha semizlik koeffitsienti populyatsiyada 1,16 – 1,90 oralig‘ida bo‘lib, o‘rtacha 1,48 ± 0,02 ni tashkil etdi.