Tabiiy fanlar

KEMPFEROL-3-O SOFOROZIDINING NEYROPROTEKTOR XUSUSIYATLARINI PARKINSON KASALLIGI HUJAYRA MODELIDA TADQIQ QILISH

Kempferol 3-O-soforozid, Parkinson kasalligi, mitoxondriya, mitoxondriya membrana potensiali.

Mualliflar

  • Farangiz XURRAMOVA Parizoda YULDASHEVA O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti, O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti , Uzbekistan
  • Kamila NEBESNAYA Оksana CHARISHNIKOVA Ilg‘or texnologiyalar markazi, katta ilmiy xodimi, PhD, Ilg‘or texnologiyalar markazi «Eksperimental biofizika» laboratoriyasi mudiri, katta ilmiy xodimi, PhD , Uzbekistan
  • Baxodir OXUNDEDAYEV Sabir NISHANBAYEV O‘zRFA S.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Terpenoidlar va fenol birikmalari kimyosi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, PhD. , Uzbekistan
  • Nafisa KOMILOVA Artyom BAEV Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Biofizika kafedrasi dotsenti, b.f.f.d., PhD.,Ilg‘or texnologiyalar markazi katta ilmiy xodimi, b.f.f.d., Ph.D. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Biofizika kafedrasi dotsenti , Uzbekistan

Mazkur tadqiqot ishida kempferol-3-O-soforozidning (PCS-1) normal fiziologik holatdagi va Parkinson kasalligi imitatsiya qilingan hujayralarda mitoxondriya bioenergetik jarayonlariga ta’siri o‘rganildi. Hujayralarga PCS-1 ta’sir ettirilganda har ikkala guruhdagi hujayralarning mitoxondrial membrana potensiali (ΨM) oshishi kuzatildi. PCS-1 mitoxondriya nafas zanjiri I kompleksi faolligini pasaytirishi, shuningdek, Parkinson kasalligi modelida ΨM shakllanishida F1FO ATF sintazaning hissasini kamaytirishi aniqlandi.