DAVLAT XIZMATLARIDA MANFAATLAR UYG‘UNLIGI VA BARQAROR TARAQQIYOT STRATEGIYASI

Davlat xizmatlari, manfaatlar uyg‘unligi, barqaror taraqqiyot strategiyasi, fuqarolik jamiyati, shaffoflik, hisobdorlik, innovatsiya, ijtimoiy barqarorlik.

Mualliflar

Maqolada davlat xizmatlari tizimida manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash va uni barqaror taraqqiyot strategiyasi bilan uzviy bog‘lashning nazariy hamda amaliy jihatlari ilmiy asosda tahlil etiladi. Tadqiqotda davlat, jamiyat va shaxs manfaatlarining muvozanatlashuvi davlat xizmatlarining samaradorligi va ijtimoiy taraqqiyotning barqarorligi uchun muhim omil ekani ilmiy dalillar asosida yoritiladi. Shu bilan birga, barqaror taraqqiyot strategiyasi doirasida davlat xizmatlarida shaffoflik, hisobdorlik, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlikning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Jahon tajribasi va milliy islohotlar kontekstida davlat xizmatlarining barqaror taraqqiyot drayveriga aylanishi, manfaatlar uyg‘unligi orqali ijtimoiy adolat va barqaror rivojlanishga erishish yo‘llari asoslab beriladi.