Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ПРИМЕНЕНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В СИСТЕМЕ ГОСУДАРСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ: КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ

Davlat boshqaruvida sun’iy intellekt (SI), Qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi (QQQT), Axloqiy jihatlar va sun’iy intellektni qo‘llash prinsiplari, insoniy omili.

Mualliflar

  • Kudrat ORTIKOV, O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi, Uzbekistan

Ushbu tadqiqot davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini qo‘llashning konseptual asoslarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Ushbu ilmiy ishning dolzarbligi raqamli transformatsiya davrida rejalashtirish, prognozlashtirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarining samaradorligini oshirishda sun’iy intellektning ahamiyatining o‘sib borayotgani bilan izohlanadi. Ishda tashkiliy boshqaruv vazifalarini hal etish kontekstida sun’iy intellektni qo‘llash imkoniyatlari va cheklovlari tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektning turli xil turlari va ularni qurishdagi yondashuvlar ham ko‘rib chiqiladi. Mavjud tahliliy tizimlar bilan qiyosiy tahlil ko‘rsatilib ketilgan. Axloqiy jihatlarni hisobga olgan holda, davlat boshqaruvida sun’iy intellektni qo‘llash prinsiplarini ishlab chiqish uchun shaffoflik, hisobdorlik va adolatni ta’minlash zaruratiga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro tajriba va mavjud amaliyotlar tahlili asosida, rahbarlarning ish samaradorligini oshirish, “axborot nomutanosibligi” va taktik boshqaruv xavflarini kamaytirish, shuningdek ratsionallik cheklanishlarini yengish imkonini beruvchi qarorlarni qabul qilish tizimi sifatida sun’iy intellektdan foydalanish konsepsiyasi taklif etilgan.