Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MOLEKULYAR FIZIKA KURSINI ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI

Molekulyar fizika, o‘qitish metodikasi, ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, virtual laboratoriya, AKT, kompetensiyaviy yondashuv, muammoli o‘qitish, oliy ta’lim, metodik tahlil

Mualliflar

Mazkur maqolada molekulyar fizika kursini o‘qitish metodikasiga oid amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotlar tahlili asosida ushbu yo‘nalishda olib borilgan ishlar zamonaviy ta’lim texnologiyalarining o‘rni, talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdagi roli va o‘qitish samaradorligini oshirish imkoniyatlariga qaratilganligi aniqlanadi. Ayniqsa, AKT vositalaridan foydalanish, virtual laboratoriyalarni joriy etish, muammoli o‘qitish, konstruktiv yondashuv, kompetensiyaga asoslangan o‘qitish kabi metodik yondashuvlar molekulyar fizika kursini chuqur o‘zlashtirishga xizmat qilayotgani ko‘rsatib beriladi [1]. Tadqiqot natijalari talabalarning mustaqil fikrlashi, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish va amaliy bilimlarni egallashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida olib borilgan tadqiqotlar asosida molekulyar fizika bo‘yicha yangi o‘quv dasturlar va metodik tavsiyalar ishlab chiqilgani qayd etiladi [3].