Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ILMIY IJODIY FAOLIYATNING ASOSIY KOMPONENTLARI VA ULARNING O‘ZARO MUNOSABATLARI

Ilmiy ijodiy faoliyat, tafakkur, ilmiy yangilik, ilmiy dialog, bilish usullari, fundamental tadqiqot, amaliy tadqiqot, modellashtirish, eksperiment, nazariya, falsafiy metodologiya

Mualliflar

Ushbu maqolada inson tafakkuri va ilmiy ijodiy faoliyatning mohiyati, tuzilmasi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi falsafiy-metodologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Ilmiy ijodiy faoliyatning asosiy bosqichlari – muammoni qo‘yish, gipoteza yaratish, nazariy asoslash, tajriba va modellashtirish, natijalarni amaliyotga tatbiq etish jarayonlari yoritiladi. Shuningdek, ilmiy yangilik yaratishning intersub’ektiv mohiyati, ilmiy dialog va tanqidiy tahlilning roliga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada ilmiy bilishning empirik, nazariy va mantiqiy usullari o‘rtasidagi uyg‘unlik, fundamental va amaliy tadqiqotlarning o‘zaro aloqasi hamda ularning zamonaviy fan taraqqiyotidagi o‘rni ochib beriladi. Sharq va G‘arb falsafasida ilmiy ijodning talqini, ilmiy tafakkur, axloqiy kamolot va ma’naviy uyg‘unlik g‘oyalari ilmiy ijodning asosiy falsafiy tayanchi sifatida ko‘rsatib o‘tiladi.