Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ERKIN AʼZAMNING “SHOIRNING TOʻYI” QISSASIDA IJODKORLAR OBRAZINING BADIIY TALQINI

Ijodkor obrazi, dramatizm, totalitar tuzum, maʼnaviy iztirob, milliy xotira, badiiy talqin.

Mualliflar

Ushbu maqolada Erkin Aʼzamning “Shoirning toʻyi” qissasida ijodkorlar obrazining badiiy talqini tahlil etilgan. Asarda ijodkor shaxsi, uning ruhiy iztiroblari, totalitar tuzum taʼsiridagi taqdiri va millat xotirasi bilan bogʻliq maʼnaviy muammolar keng yoritiladi. Yozuvchi Otashqalb shoir obrazi orqali nafaqat bir ijodkorning fojeasi, balki butun bir avlodning maʼnaviy drama va iztirobini ifoda etadi. Muallif ijodkorning vijdon, haqiqat va maʼnaviyat uchun kurashini dramatik va ramziy usulda badiiylashtiradi. Maqolada asarning estetik qimmati va ijodkor shaxsiyati orqali millat ruhiyatini ifoda etish tamoyillari yoritilgan.