Ijtimoiy-gumanitar fanlar

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI TA’LIM YO‘NALISHIDA TALABALARNING FAZOVIY TASAVVUR VA KREATIV FIKRLASH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA XORIJIY YETAKCHI UNIVERSITETLAR TAJRIBASI

Qayta tiklanuvchi energiya, muhandislik ta’limi, fazoviy tasavvur, kreativ fikrlash, CAD/CAE, loyiha asosida o‘qitish, sanoat amaliyoti

Mualliflar

Maqolada yetakchi xorijiy texnika universitetlari ( NUS, Tsinghua, Stanford, University of Edinburgh, UQ) tajribasi asosida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” ta’lim yo‘nalishida talabalarning fazoviy tasavvur va kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik mexanizmlar tahlil qilinadi. O‘quv rejalari tuzilmasi, CAD/CAE va simulyatsiya kabi raqamli vositalar, loyiha-tadqiqot komponentlari hamda sanoat amaliyotining o‘rni qiyosiy baholanadi. Natijalar uch omilning muhimligini ko‘rsatadi: kredit tizimi va mazmunning normativ aniqligi, fanlararo integratsiya va moslashuvchan trayektoriyalar, “laboratoriya–loyiha–sanoat amaliyoti”. Ushbu model milliy ta’lim tizimimizga transfer qilinishi bo‘yicha takliflar beriladi.