Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BAQTRIYA LAZURITINING QADIMGI XARAPPA VA MESOPOTAMIYA SHAHARLARIGA TARQALISHI BO‘YICHA YOZMA VA ARXEOLOGIK MANBALAR

Baqtriya, Badaxshon, lazurit, Xarappa madaniyati, Mesopotamiya, Turon basseyni, Shaxri So‘xta, Tepai Xisor, Sho‘rto‘qay, Sopolli madaniyati, qadimgi savdo yo‘llari, arxeologik manbalar, mineral savdosi.

Mualliflar

Ushbu maqolada Baqtriya (Badaxshon) hududida joylashgan qadimgi lazurit konlari va ushbu qimmatbaho toshning Xarappa va Mesopotamiya kabi Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari markazlariga tarqalishi masalasi yozma hamda arxeologik manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda lazurit eneolit va ilk bronza davrlaridan boshlab diniy-ramziy, badiiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mineral sifatida qo‘llanilgani, uning asosiy savdo yo‘llari Eron hududidagi Shahri So‘xta va Tepai Xisor kabi manzilgohlar orqali shakllangani ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, Baqtriya va Xarappa madaniyati o‘rtasida lazurit konlarini egallash uchun kechgan raqobat jarayonlari, Mesopotamiya shaharlarida esa lazuritga ishlov berish va uni hukmdorlik, obro‘-e’tibor timsoli sifatida qo‘llash amaliyoti arxeologik dalillar orqali asoslanadi. Maqolada lazurit savdosi Qadimgi Sharq xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalar, iqtisodiy munosabatlar va siyosiy tafovutlarni anglashda muhim omil sifatida baholanadi.