Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“NAHJ-UL FARODIS”DA KIYIM-KECHAK NOMLARI

Qadimgi turkiy til, Oltin Oʻrda, Xorazm yozma yodgorliklari, Mahmud ibn Ali, “Nahjul-Farodis”, kiyim nomlari.

Mualliflar

Kiyim-kechak va u bilan bog‘liq tushunchalarni ifoda etuvchi leksemalarni aniqlashni maqsad qilgan ushbu tadqiqot XIV asrning noyob yozma manbalaridan bo‘lgan “Nahjul-Farodis”dagi kiyim-kechak va unga mansub tushunchalar nomlarini aniqlaydi. Maishiy turmush bilan bog‘liq leksika xalqning tarixi, madaniyati va ijtimoiy hayoti bilan chambarchas aloqador bo‘lib, ularning ilmiy tahlili orqali eski turkiy til lug‘at boyligi hamda so‘z ma’nolaridagi o‘zgarishlarni aniqlash mumkin. Mahmud ibn Ali qalamiga mansub “Nahjul-farodis” asarida maishiy hayotga oid, jumladan, kiyim-kechak nomlarini ifodalovchi ko‘plab leksik birliklar qo‘llangan. Ushbu atamalar insonlarning jamiyatdagi mavqeyi, turmush tarzi va madaniy darajasini aks ettiruvchi muhim til birliklari sifatida ahamiyatlidir. Maqolada bunday so‘zlarning qo‘llanilishiga misollar transkripsiyada keltirildi va ularning leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilindi.