Ijtimoiy-gumanitar fanlar

LEKSIKOGRAFIYANING TARIXIY TARAQQIYOTI VA UNING TILSHUNOSLIKDAGI ROLI: LUG‘AT TUZISHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI

Leksikografiya, Lug‘atshunoslik, Mu’jam, Lug‘at tipologiyasi, Arab lug‘atchiligi, Sanskrit grammatikasi, Lug‘at tuzish prinsiplari, Ensiklopedik lug‘at.

Mualliflar

Mazkur maqolada leksikografiya fanining kelib chiqishi, tarixiy rivojlanishi, ilmiy va amaliy yo‘nalishlari hamda uning zamonaviy holati atroflicha yoritib berilgan. Shuningdek, arab, hind, yunon va Yevropa leksikografiya maktablari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar, mu’jamchilik an’analari va lug‘at tuzishning metodologik asoslari tahlil qilingan. Lug‘atlar turlari, ularni tasniflash mezonlari, ilmiy tipologiya va leksikografiyaning ijtimoiy ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Maqola, xususan, arab leksikografiyasidagi mu’jamlar tarixi va ularning lug‘atchilikdagi roliga bag‘ishlangan misollar bilan boyitilgan.