Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“ULISS” ROMANIDA FONETIK VOSITALARNI QO‘LLASHDA JEYMS JOYS USLUBIDAGI O‘ZIGA XOSLIK

prosodik tahlil, grafik ekspressivlik, fonetik ekspressivlik, onomatopoeiya, alliteratsiya, assonans, ritm, intonatsiya.

Mualliflar

“Uliss” jahon adabiyotining g‘oyat o‘ziga xos, noyob va murakkab asaridir. Bu asar yillar davomida tanqidchilarning turli muhokamalariga sabab bo‘lgan. Jeyms Joys “Uliss”ni oddiy kitobxonlarga emas, balki o‘z davrida yashagan yozuvchilarga, ya’ni xoslarga yozgan. Shuning uchun asar tilini tushunish biroz murakkab. Bugungi kungacha o‘zbek adabiyotshunosligida Jeyms Joysning “Uliss” romani tilini prosodik, ya’ni fonetik tahlili o‘rganilmagan. Shu sabali bu maqola asardagi stilistik vositalarning aynan fonetik qismiga urg‘u qaratadi. Shu bilan birgalikda fonetik tahlil yondashuvida qo‘llaniladigan turlar va ularga berilgan ta’riflar ham joy oladi. Fonetik tahlilda qo‘llaniladigan ba’zi atamalarga ham izoh beriladi. Asarning o‘zidan oligan parchalar prosodik tahlil qilinadi.