Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDAGI TOPONIMLAR

Alisher Navoiy, “Layli va Majnun”, toponim terminlar, geografik nomlar, leksik-semantik xususiyatlar.

Mualliflar

  • Ozodbek DANABEKOV Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil izlanuvchisi, Uzbekistan

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida uchraydigan toponimlarning leksik-semantik, stilistik va funksional xususiyatlari, ularning poetik matndagi roli ko‘rib chiqiladi hamda doston matnida uchraydigan geografik nomlar tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada geografik nomlarning tarixiy-etimologik ildizlari va ularning badiiy ma’noviy xususiyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari Alisher Navoiyning til va badiiy uslubidagi o‘ziga xosliklarni yoritib, uning asarlaridagi makon tushunchasining tilshunoslik jihatidan ahamiyatini ko‘rsatadi. Mazkur ish mumtoz adabiyot tilining lingvopoetik xususiyatlarini chuqurroq anglashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.