Ijtimoiy-gumanitar fanlar

E.DYURKGEYMNING IJTIMOIY HAMJIHATLIK VA ANOMIYA NAZARIYASI ASOSIDA YOLGʻIZ KEKSALIK MUAMMOSINING SOTSIOLOGIK TAHLILI

yolg‘iz keksalik, sotsiologik maktablar, funksionalizm, simvolik interaksionizm, gerontologiya, ijtimoiy izolyasiya, modernizatsiya, ijtimoiy integratsiya. anomiya, ijtimoiy hamjihatlik, ijtimoiy faktlar, sotsiologik tahlil

Mualliflar

Mazkur maqolada yolg‘iz keksalik fenomeniga turli sotsiologik ilmiy maktablar nuqtai nazaridan yondashuvlar tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu maqolada Emil Dyurkgeymning ijtimoiy hamjihatlik va anomiya nazariyalari asosida yolg‘iz keksalik muammosi sotsiologik jihatdan tahlil qilingan. Muallif yolg‘iz keksalikning jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, qadriyatlar tizimi va ma’naviy birlik bilan bog‘liqligi haqida ilmiy xulosalarni asoslashga harakat qilgan. Shuningdek, zamonaviy O‘zbekiston sharoitida keksalarni ijtimoiy hayotga integratsiya qilishning dolzarb yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan.