Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“MASNAVIYI MA’NAVIY” ASARIDA TILGA OLINGAN ISMSIZ AVLIYOLAR HAQIDAGI MANOQIBLARNING TAHLILI

Джалаладдин Руми, Маснави, безымянный святой, манакиб, суфизм, типологический анализ, семантический анализ, духовный ранг, универсальность.

Mualliflar

  • Тулкин СУЛТАНОВ PhD, доцент Международного университета туризма и культурного наследия «Шелковый путь», Uzbekistan

Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiy “Masnaviyi ma’naviy” asarida uchraydigan ismi tilga olinmagan (anonim) avliyolar obrazlari
alohida ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi Rumining anonim avliyolarni individual shaxs sifatida emas, balki “umumiy
ma’naviy tip” sifatida qanday shakllantirishini ilmiy asosda ochib berishdan iborat. Rumiy hikoya ichida nom berilmagan valiylarni
ko‘pincha ruhiy-ma’naviy mukammallikning umumlashtirilgan belgisi sifatida ko‘rsatadi. Ular konkret tarixiy shaxs emas, balki
“ruhiy maqom”ning ramziy ko‘rinishidir. Maqolada shu konsepsiyaning poetik mexanizmlari tipologik, qiyosiy va semantik tahlil
asosida izohlanadi. Shuningdek, manoqib matnlari bo‘yicha kontent-tahlil ham amalga oshiriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
Rumiy anonim avliyolarning individual biografiyasini emas, balki ma’naviy tajribasini bosh mezon qiladi; shu orqali
“Masnaviy”da avliyo tipologiyasi individual tarixdan ustun turadi. Rumiyda avliyo ismidan voz kechish – tasavvufda “foniylik”
va “ego yo‘qligi”ni ifodalaydi, shu bois anonimlikning o‘zi – ruhiy maqomni belgilovchi markaziy poetik prinsipga aylanadi.
Shunday qilib, maqolada Rumiyda anonim avliyolar ramzi orqali universallashtirilgan ruhiy shaxs modeli yaratilishi ilmiy
asoslangan.