NEMIS TILIDA KONVERSIYA ASOSIDA VOQELANGAN IKKILAMCHI NOMLASHLAR
##submission.downloads##
Ushbu tadqiqot nemis tilida konversiya orqali shakllangan ikkilamchi nomlashlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Konversiya – so‘zning leksik-grammatik kategoriyasini o‘zgartirib, yangi ma’no hosil qilish jarayoni bo‘lib, nemis tilida zoonimlar va fitonimlar tarkibida keng qo‘llaniladi. Tadqiqotda sifatlarning otlashishi asosida yuzaga kelgan nomlashlar tahlil qilinadi. Ellipsisning roli, ikkilamchi nomlashdagi metaforik va metonimik asoslar, shuningdek, rang, tashqi ko‘rinish va faoliyat belgilariga asoslangan nomlash mexanizmlari ko‘rsatib o‘tiladi. Misol sifatida “Bläuling”, “Gelbling” , “Grünling” kabi leksema va atamalar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ikkilamchi nomlash jarayonida intralingvistik (ellipsis) va ekstralingvistik omillarning o‘zaro ta’sirini hamda metaforik va metonimik asoslarning leksik-semantik rivojlanishda ahamiyatini ochib beradi.
1. Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. М.: 1966
2. Арбекова Т.И. Лексикология английского языка (Практический курс). М.: Высшая школа, 1977
3. Hamroyeva L.Z., “Ingliz tilida fe‟llarning konversiya usulida yasalishi”, Ученый ХХI века, 2022, 3(84)
4. Yo‘ldoshev I., Sharipova O‘. “Tilshunoslik asoslari” Toshkent “Iqtisod-Moliya” 2007
5. Словарь иностранных слов. М.: 1954
Mulkiiyat (c) 2025 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..






.jpg)

.png)





