Aniq fanlar

Начально-краевая задача с граничным условием третьего рода для дифференциального уравнения высокого четного порядка вырождающегося на границе

buziladigan tenglama, boshlang‘ich-chegaraviy masala, o‘zgaruvchilarni ajratish usuli, spektral masala, Grin funksiyasi usuli, integral tenglama, Furye qatori.

Mualliflar

  • Д. Д. Орипов Ферганский государственный университет, Узбекистан, Uzbekistan

Ushbu maqolada to‘rtburchak sohada yuqori juft tartibli xususiy hosilali buziladigan bir differensial
tenglama uchun uchinchi turdagi chegaraviy shartlar bilan boshlang‘ich-chegaraviy masala keltirilgan
va tadqiq qilingan. O‘zgaruvchilarni ajratishga asoslangan Furye usuli yordamida oddiy differensial
tenglama uchun spektral masala hosil qilingan. Grin funksiyasi usuli yordamida bu masala simmetrik
yadroli ikkinchi turdagi Fredgolm integral tenglamasiga ekvivalent ravishda keltirilgan, natijada
spektral masalaning xos qiymatlari va xos funksiyalar sistemasi mavjudligi isbotlangan. Topilgan
integral tenglama va Merser teoremasi yordamida xos funksiyalarga bog‘liq bo‘lgan ayrim bichiziqli
qatorlarning tekis yaqinlashuvchanligi isbotlangan. Furye koeffitsiyentlarining tartibi aniqlangan.
O‘rganilayotgan masalaning yechimi spektral masala xos funksiyalari sistemasiga nisbatan Furye
qatori ko‘rinishida ifodalangan. Energiya integrallari usuli yordamida masala yechimining yagonaligi
isbotlangan. Yechim uchun baho olingan bo‘lib, undan berilgan funksiyalarga uzluksiz bog‘liqlik
kelib chiqadi.