EKOLOGIK MUOMMOLAR VA ULARNING MAMLAKAT IQTISODIYOTGA TA’SIRI
DOI:
https://doi.org/10.65451/iqtisodiyotuzb.v4i6.13203Abstract
Mazkur maqolada global va milliy miqyosda kuzatilayotgan ekologik muammolarning mamlakat iqtisodiyotiga taʼsiri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Atrof-muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslar zaxiralarining qisqarishi, biologik xilma-xillikning kamayishi hamda ekologik muvozanatning buzilishi iqtisodiy oʻsish surʼatlari, ishlab chiqarish samaradorligi va aholi farovonligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi muhim omillar sifatida koʻrib chiqilgan. Shuningdek, ekologik xavf-xatarlarni kamaytirish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etish orqali barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari ekologik xavfsizlikni taʼminlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish iqtisodiy taraqqiyotning muhim shartlaridan biri ekanligini ilmiy jihatdan asoslab beradi.



