TURIZM FAOLIYATINI BOSHQARISH JARAYONIGA HUDUDIY SALOHIYATNING TА’SIRINI BAHOLASH

Mualliflar

  • Karimov Shahbozxo‘ja Xamdamjon o‘g‘li Farg‘ona davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm kafedrasi o‘qituvchisi

Annotasiya

Ushbu maqolada turizm faoliyatini boshqarish jarayoniga hududiy salohiyatning taʼsiri kompleks ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda hududiy salohiyat tushunchasi tabiiy-resurs imkoniyatlari, tarixiy-madaniy meros, infratuzilma rivoji, transport-logistika tizimi, inson kapitali, investitsion muhit hamda institutsional boshqaruv mexanizmlarining oʻzaro integratsiyalashgan tizimi sifatida talqin etiladi. Turizm sohasining barqaror rivojlanishi hududning ichki resurslari va tashqi omillari oʻrtasidagi muvozanatga bevosita bogʻliqligi ilmiy asoslanadi. Xususan, hududiy salohiyat koʻrsatkichlari asosida turizm boshqaruvi samaradorligini aniqlash uchun koʻp omili indeks modeli taklif etildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, hududiy salohiyatning yuqori darajada safarbar etilishi turizm oqimini oshirish, xizmatlar diversifikatsiyasini kengaytirish, bandlik darajasini koʻtarish va hududiy yalpi mahsulot hajmini koʻpaytirishga xizmat qiladi.

Manbalar

1. Porter M. E. The Competitive Advantage of Nations. — New York: Free Press, 1990.

2. Krugman P. Geography and Trade. — Cambridge: MIT Press, 1991.

3. Ritchie J. R. B., Crouch G. I. The Competitive Destination: A Sustainable Tourism Perspective. — Wallingford: CABI Publishing, 2003.

4. Butler R. W. The concept of a tourist area cycle of evolution: implications for management of resources // Canadian Geographer. — 1980. — Vol. 24(1). — P. 5–12.

5. North D. C. Institutions, Institutional Change and Economic Performance. — Cambridge: Cambridge University Press, 1990.

6. Swarbrooke J. Sustainable Tourism Management. — Wallingford: CABI Publishing, 1999.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. Oʻzbekiston Respublikasida turizm koʻrsatkichlari boʻyicha rasmiy maʼlumotlar (2023–2025 yy.). — Toshkent, 2025.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi. 2025 yil yakunlari boʻyicha turizm sohasining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida axborot byulleteni. — Toshkent, 2026.

Nashr qilingan

23-04-2026

Qanday ko'rsatish

Shahbozxo‘ja Xamdamjon o‘g‘li , K. (2026). TURIZM FAOLIYATINI BOSHQARISH JARAYONIGA HUDUDIY SALOHIYATNING TА’SIRINI BAHOLASH. «YANGI O’ZBEKISTON IQTISODIYOTI», 3(5). Retrieved from http://journals.nuu.uz/index.php/economyuzb/article/view/12026