ATOM FIZIKASIDA KORPUSKULYAR – TO‘LQIN DUALIZMINI ICHKI INTEGRAATSIYA ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI

Mexanik to’lqin, elektromagnit to’lqinlar, yorug‘lik, korpuskula, to‘lqin, mikrozarra, dualizm, ichki integratsiya, fanlararo integratsiya, qarama – qarshiliklar, inkorni inkor, miqdor o‘zgarishlari, sifat o‘zgarishi, falsafiy kategoriyalar, uzluksizlik, sabab – oqibat, ta’lim samaradorligi

Authors

  • Eliboy XUDAYBERDIYEV Navoiy davlat universiteti “Fizika va astronomiya” kafedrasi prof.v.b , Uzbekistan

Ushbu maqolada mikrodunyo hodisalarini, shu jumladan yadro fizikasi o‘rganadigan hodisalarni tushuntirishda muhim ro‘l o‘ynagan korpuskulyar to‘lqin dualizimi nazariyasini rivojlanishida ichki hamda fanlararo integratsiya asosida o’qitishning ahamiyati, bu nazariyani o‘qitishning metodologik muommolari fizikaviy va falsafiy nuqtayi nazardan tahlil etiladi. Ma’lumki, tabiat, jamiyat va fikrlashning eng umumiy qonunlarini o’rganish falsafa fanning mavzusidir. Shu nuqtayi – nazardan, ilm – fan rivojlanishining hozirgi bosqichida falsafaning ilmiy tadqiqotlardagi o’rni, shuningdek, sanoat ishlab chiqarish, muhandislik va mashinasozlik asoslaridan biri bo’lgan fizikani o’qitish samaradorligini oshirishda yaqqol namoyon bo'ladi. Chunki ishlab chiqarishning turli tarmoqlari uchun mutaxassislarni tayyorlashda o’rganilayotgan sohaning falsafiy jihatlarini har tomonlama tahlil qilish malakali kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biridir