NUTQ MADANIYATI VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING UYG‘UNLIGI: TARIX FANI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR

v Pedagogik texnologiya, kasbiy-nutqiy madaniyat, interaktiv metod, nutqiy kompetensiya, pedagogik etika, bahsmunozara, obrazli o‘yin, metodik yondashuv, muloqot ko‘nikmasi, refleksiv tahlil.

Authors

Mazkur maqolada bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy-nutqiy madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar
xususida atroflicha fikr yuritiladi. Avvalo, tarix fani o‘qituvchisining shaxsiy va kasbiy xususiyatlaridan biri bo‘lgan nutqiy madaniyat
tushunchasi izohlanadi. Nutqiy madaniyat – bu so‘z boyligi, talaffuzda aniqlik, ko‘rsatkichlar, dalillar, tarixiy faktlarni izchil va
tushunarli shaklda bayon qilish, shuningdek, o‘quvchilar bilan pedagogik muloqotda samimiy munosabatni ifoda eta bilishdir. Tarix
saboqlarini o‘quvchilarga yetkazishda, ayniqsa, tarixiy manbalar bilan ishlash, davr xususiyatlarini ifodalash, sabab-oqibat
munosabatlarini puxta ochib berish ustuvor o‘rin tutadi.