INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA FIZIKA YO‘NALISHI TALABALARINING AMALIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI

Integrativ yondashuv, amaliy kompetentlik,fizika ta'limi, metodologik asoslar,pedagogik metodlar, kognitiv jarayonlar, interaktiv o‘qitish, amaliy bilimlar, fizikaviy modellar, praktikum, o‘qitishning differentsial yondashuvi, talabalar faoliyati, shaxsiy yondashuv, innovatsion metodlar

Authors

Mazkur maqola, integrativ yondashuv asosida fizika yo‘nalishi talabalarining amaliy kompetentligini rivojlantirishning metodologik
asoslarini tahlil etishga bag‘ishlangan. O‘quv jarayonida talabalar faqat nazariy bilimlarni egallash bilan cheklanib qolmasdan, balki
ularni amaliy faoliyatda samarali qo‘llay olishlari lozim. Shu nuqtai nazardan, maqola integrativ yondashuvning ta’lim jarayonidagi o‘rni
va ahamiyatini yoritadi, shu bilan birga fizika fanini o‘qitishda metodologik asoslarning ahamiyatini o‘z ichiga oladi. Bu maqola, fizika
yo‘nalishidagi o‘qituvchilar, ta’lim metodistlari va ilmiy tadqiqotchilar uchun muhim ilmiy manba bo‘lib, amaliy kompetentlikni
rivojlantirishda integrativ yondashuvning metodologik asoslarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.