FIZIKA FANINI O‘QITISHDA VIRTUAL LABORATORIYA ISHLARIDAN MAQSADLI FOYDALANISH
##submission.downloads##
Mazkur maqola, fizika fanini o‘qitishda virtual laboratoriya ishlaridan foydalanishning samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada, virtual laboratoriya yordamida fizika tajribalarini o‘qitish va talabalarga murakkab ilmiy konsepsiyalarni o‘zlashtirishda qanday yordam berishi ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, Stoks usuli yordamida suyuqlikning yopishqoqlik koeffitsiyentini aniqlash tajribasi misolida, virtual laboratoriyaning amaliy qo‘llanilishi, o‘quvchilarning tajriba orqali bilimi qanday mustahkamlanishi, va tajribalarni osonlashtirishdagi imkoniyatlar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, virtual laboratoriyalarni joriy etishning o‘quv jarayoniga qo‘shgan ijobiy ta’siri va o‘qituvchilarga vaqtni samarali taqsimlash imkoniyatlari ta’kidlanadi. Maqolada ko‘rsatilgan tajriba natijalari va olingan xulosalar, fizika o‘qitish metodikasini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarning ilmiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
Toshmurodov Y.Q., Beknоzarova Z.F. “Fizika” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma, - T. TIQXMMI. 2019. - 180 b.
Jalolova.P.M Oliy ta`limda “Atom fizikasi”ga oid laboratoriya mashgʻulotlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish. Oʻzbekiston Milliy Universiteti, 2019. – 152 b.
Hasanov U.J., Virtual ta`lim muhitida talabalarning axborot-texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish: p.f. bo‘yicha falsafa doktori (PhD) disser. avtoref. Nukus – 2024
Turayeva S.R., “Ta’lim jarayonida kompyuter modellaridan foydalanish va talabalarning kreativ tafakkurini rivojlantirish”, “TAMADDUN NURI” Ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, madaniy-ma’rifiy, adabiy-badiiy jurnal ISSN 2181-8258 2024-yil, 6-son (57) https://doi.org/10.69691/znqvht11






.jpg)

.png)





