FIZIKA FANINI O‘QITISHDA VIRTUAL LABORATORIYA ISHLARIDAN MAQSADLI FOYDALANISH

Fizika, fan, virtual, laboratoriya, model, simulyatsiya, kompetentlik.

Mualliflar

  • Sevara TURAYEVA Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti tayanch doktoranti , Uzbekistan

Mazkur maqola, fizika fanini o‘qitishda virtual laboratoriya ishlaridan foydalanishning samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada, virtual laboratoriya yordamida fizika tajribalarini o‘qitish va talabalarga murakkab ilmiy konsepsiyalarni o‘zlashtirishda qanday yordam berishi ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, Stoks usuli yordamida suyuqlikning yopishqoqlik koeffitsiyentini aniqlash tajribasi misolida, virtual laboratoriyaning amaliy qo‘llanilishi, o‘quvchilarning tajriba orqali bilimi qanday mustahkamlanishi, va tajribalarni osonlashtirishdagi imkoniyatlar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, virtual laboratoriyalarni joriy etishning o‘quv jarayoniga qo‘shgan ijobiy ta’siri va o‘qituvchilarga vaqtni samarali taqsimlash imkoniyatlari ta’kidlanadi. Maqolada ko‘rsatilgan tajriba natijalari va olingan xulosalar, fizika o‘qitish metodikasini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarning ilmiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.