SINXRON TARJIMADA MUQOBILSIZ BIRLIKLAR TARJIMASI: MUAMMO VA YECHIMLAR

Sinxron tarjima, muqobilsiz birliklar, tarjima strategiyalari, kontekstual yondashuv, izohlash, ekvivalent yaratish.

Mualliflar

  • Miraziz RAUFOV Tоshkent dаvlаt yuridik universiteti katta o‘qituvchisi , Uzbekistan

Mazkur maqolada sinxron tarjimada muqobilsiz birliklarni tarjima qilishda uchraydigan asosiy muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha samarali strategiyalar tahlil qilinadi. Muqobilsiz birliklar bir tilning madaniy, tarixiy yoki lingvistik xususiyatlariga xos bo‘lib, boshqa tilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalenti bo‘lmagan so‘zlar yoki iboralardir. Tadqiqot davomida kontekstual yondashuv, izohlash va ekvivalent yaratish kabi strategiyalar samaradorligi ko‘rsatib beriladi.