Tabiiy fanlar

CROCUS SATIVUS O‘SIMLIGI GULTOJIBARGINING EFIR MOYI TAHLILI

Iridaceae, Crocus sativus L., ekma za’faron, gultojibarg, efir moyi, uchuvchan komponentlar, gaz xromato-massspektroskopiya.

Mualliflar

  • Shoxista MAXMUDOVA Xayrulla BOBAKULOV O‘zR FA Akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti tayanch doktoranti, O‘zR FA Akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Fizikaviy tadqiqotlar laboratoriyasi mudiri, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim , Uzbekistan
  • Baxodir OXUNDEDAEV Sabir NISHANBAEV, Asadbek SARABEKOV O‘zR FA Akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Terpenoidlar va fenol birikmalari kimyosi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, PhD,O‘zR FA Akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Lipidlar kimyosi laboratoriyasi mudiri, kimyo fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim O‘zbekiston Milliy Universiteti, Kimyo fakulteti, Tabiiy birikmalar va amaliy kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD , Uzbekistan

Ilk bor Respublikamizning Jizzax viloyati Baxmal tumanida yetishtirilayotgan Crocus sativus L. o‘simligi «za’faron» (shafran) gultojibarglaridan gidrodistillash usuli yordamida olingan efir moylarining uchuvchan komponent tarkibi gaz xromato-massspektroskopik usul yordamida qiyosiy tahlil qilindi. Tahlil natijasiga ko‘ra, yangi yig‘ilgan gultojibarg efir moyi tarkibida 27 ta, quritilgan gultojibarg efir moyi tarkibida 35 ta uchuvchan komponentlar identifikatsiya qilinib, bu esa efir moylari umumiy miqdorining mos ravishda 95,9% va 91,9% ini tashkil qilishi aniqlandi