YANGI KATALITIK SISTEMALARDA ATSETILEN SPIRTLARIDAN DIINDIOLLAR SINTEZ QILISH JARAYONI

Terminal atsetilen spirtlari, diatsetilen diollari, dimerlanish, katalitik sistema, reaksiya mexanizmi, mahsulot unumi.

Mualliflar

  • Odiljon ZIYADULLAYEV Chirchiq davlat pedagogika universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, kimyo fanlari doktori , Uzbekistan
  • Go‘zal OTAMUXAMEDOVA Chirchiq davlat pedagogika universiteti, ilmiy - tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori , Uzbekistan
  • Sarvinoz TIRKASHEVA Jizzax davlat pedagogika universiteti, Tabiiy fanlar fakulteti kimyo va uni o‘qitish metodikasi kafedrsi o‘qituvchisi, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Uzbekistan
  • Valentin NENAYDENKO Moskva davlat universiteti Organik kimyo kafedra mudiri, kimyo fanlari doktori , Uzbekistan
  • Saida ABDURAXMANOVA O‘zbekiston Milliy Universiteti, Kimyo fakulteti, umumiy va neft-gaz kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori , Uzbekistan

Ushbu ishda katalizator sifatida mis (I) xlorid, ligand sifatida N,N,Nˊ,Nˊ- tetrametiletilendiamin, oksidlovchi agent tetraxlorometan va erituvchi metanol yordamida molekulasida alifatik, alisiklik, aromatik ва geterosiklik saqlagan terminal atsetilen spirtlarining oksidlanish bilan boradigan gomolitik birikish reaksiyasi asosida diatsetilen diollari sintezi tadqiq qilingan. Terminal atsetilen spirtlarining dimerlanish jarayonining eng muqobil sharoitlari aniqlangan va reaksiya kinetikasi tahlil qilingan. Sintez qilingan diatsetilen diollari identifikatsiyalangan, ularning xususiy konstantalari, tuzilishi, tozaligi va tarkibi zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida isbotlangan