MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NARRATIV KOMPETENTLIKNI O‘RGANISH ISTIQBOLLARI

Narrativ kompetentlig, maktabgacha yosh, kognitiv rivojlanish, nutqiy rivojlanish, syujetli-rolli o‘yin, diagnostika, raqamli texnologiyalar, kreaktiv tafakkur.

Авторы

  • Мадина МAЖИДОВА, Базовый докторант Национальный университет Узбекистана , Узбекистан

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning narrativ kompetentligini ularning kognitiv va nutqiy rivojlanishining muhim ko‘rsatkichi sifatida o‘rganish istiqbollari tahlil qilinadi. Zamonaviy tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, yuqori darajadagi narrativ kompetentlig kreaktiv tafakkur, tasavvur hamda o‘z-o‘zini boshqarish va ishchi xotira kabi ijro etuvchi funksiyalarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Tadqiqotda narrativ ko‘nikmalarni diagnostika qilish va shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari aniqlanadi, jumladan, bolalar nutqining lingvistik tahlili, o‘yin faoliyatini kuzatish, eksperimental usullar va o‘qituvchilar hamda ota-onalar bilan so‘rovlar o‘tkazish. Narrativ kompetentligini rivojlantirishning samarali strategiyalari, jumladan, syujetli-rolli o‘yinlar, teatrlashtirish, raqamli texnologiyalarni qo‘llash va interaktiv ta’lim dasturlarini integratsiya qilish muhokama qilinadi. Pedagoglar, ota-onalar va zamonaviy raqamli vositalarning o‘zaro ta’sirini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuvning zarurligiga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada keltirilgan xulosalar va tavsiyalar bog‘langan nutqni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi pedagoglar, psixologlar va tadqiqotchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin