OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ AHOLISIDA DEMOGRAFIK OʻTISH DAVRI

Demografik oʻtish davri, qishloq aholisi, demografik vaziyat, aholi takror barpo boʻlishi, tugʻilish, oʻlim

Mualliflar

Bu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi qishloq aholisi demografik jarayonlaridagi davriy oʻzgarishlari, taʼsir etuvchi omillari tadqiq etiladi. Mamlakat qishloq aholisi koʻpayishida tugʻilishning roli, uning davriy va hududiy xususiyatlari ochib beriladi. Bunda qishloq joylarga xos boʻlgan aholining demografik xulqidagi oʻzgarishlarning demografik jarayonlarda oʻz aksini topishi tavsiflanadi. Shuningdek, qishloq joylar demografik vaziyati, demografik oʻtish davri bosqichlari bilan bogʻliq masalalari koʻrib chiqiladi