Ijtimoiy-gumanitar fanlar

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA BULLING HOLATLARINI SOTSIOLOGIK TAHLILI

Bulling, maktab muhiti, ijtimoiy tengsizlik, jamoaviy munosabatlar, o‘quvchi shaxsi, agressiv xulq-atvor, psixologik bosim, ijtimoiy izolyatsiya, kiberbulling, kommunikativ madaniyat, axloqiy normalar, shaxslararo nizolar, sinf jamoasi iqlimi, nazorat va baholash tizimi

Mualliflar

Mazkur maqolada O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kuzatilayotgan bulling holatlarining ijtimoiy-siyosiy, psixologik
va madaniy omillari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik, kommunikatsion madaniyat pastligi, oiladagi
tarbiya uslublari hamda raqamli muhit ta’siri bulling holatlarining shakllanishida asosiy omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Empirik
tadqiqot ma’lumotlariga tayangan holda, bullingga duchor bo‘luvchi o‘quvchilarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari,
agressorlarning xulq-atvori dinamikasi, shuningdek kuzatuvchi sinfdoshlarning pozitsiyasi tahlil etiladi.