Tabiiy fanlar

FENIL-2-METILFENOKSIPROPIONATNI SINTEZ QILISH USULI VA UNING TUZILISHINI ANIQLASH

almashinish, analiz, biologik faollik, dielektrik konstanta, ekstraktsiya, erituvchi, fenil-2-metilfenoksipropionat, nukleofil, reagent, sintez, spektr, vakuum, 2-metilfenol.

Mualliflar

Mazkur fenil-2-metilfenoksipropionat sintez qilish usuli ishlab chiqildi. Sintez jarayonida reaksiyaning samaradorligiga erituvchilarning ta’siri batafsil tahlil qilindi. Benzol, aseton, dioksan, dimetilformamid (DMF) va dimetilsulfoksid (DMSO) kabi erituvchilar tanlab olindi. Tajriba natijalariga ko‘ra, DMSO eritmasida eng yuqori natija qayd etilib, 86% unum bilan fenil-2-metilfenoksipropionat hosil bo‘ldi. Bu esa DMSO erituvchisining yuqori dielektrik konstantasi va yaxshi solvatatsiya xususiyatlari bilan tushuntiriladi. Sintez qilingan yangi organik modda – fenil-2-metilfenoksipropionatning tuzilishi zamonaviy instrumental usullar orqali tasdiqlandi. Sintez qilingan yangi organik modda bo‘lgan fenil-2-metilfenoksipropionat zamonaviy IQ, ¹H YaMR va 13C YaMR spektrlari yordamida tuzilishi tasdiqlangan.