Ijtimoiy-gumanitar fanlar

NEMIS TILIDAGI DEYKTIK BIRLIKLARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI, ULARNING MA’NOSI, EMOTSIONAL TA’SIRI VA MATNDAGI VAZIFALARI

deyksis, pragmalingvistika, diniy matn, nemis tili, tarjima, semantika, stilistika, shaxsiy deyksis, vaqt deyksisi, joy deyksisi, matn birligi.

Mualliflar

Mazkur maqolada nemis diniy matnlarida uchraydigan deyktik birliklarning semantik va stilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Deyksis til tizimining muhim pragmatik komponenti bo‘lib, u so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi kommunikativ munosabatni shakllantiradi hamda matnning mazmuniy yaxlitligini ta’minlaydi. Tadqiqot davomida shaxs, joy, vaqt va matn ichki deyksislarining nemis tilidagi ishlatilish xususiyatlari, ularning o‘zbek tiliga tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik siljishlar hamda pragmatik o‘zgarishlar tahlil qilingan.