Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“BOBURNOMA” MATNI O‘ZBEKCHA-TURKCHA-QOZOQCHA PARALLEL KORPUSINING TARJIMAGA ASOSLANGAN EKSTRALINGVISTIK VA INTRALINGVISTIK MA’LUMOTLAR BAZASI

“Boburnoma”, parallel korpus, ma’lumotlar bazasi, tarjima nazariyasi, kompyuter lingvistikasi, ko‘ptilli muqobil matnlar.

Mualliflar

“Boburnoma” nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki umumturkiy madaniy merosning namunasi sifatida tarixiy va lingvistik jihatdan benazir manba hisoblanadi. Ushbu asar asosida o‘zbekcha-turkcha-qozoqcha parallel korpus tuzish g‘oyasi lingvistik tipologiya, tarjima nazariyasi va kompyuter lingvistikasi yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlarni amalga oshirishga imkon yaratadi. Bu kabi korpusning yaratilishi zamonaviy lingvistikada ko‘ptilli muqobil matnlar bilan ishlash, tarjima modellari va leksik-semantik tadqiqotlar uchun zaruriy infratuzilmani shakllantiradi. Ushbu maqolada “Boburnoma” o‘zbekcha-turkcha-qozoqcha parallel korpusining ma’lumotlar bazasini mavjud parallel korpuslardagi tajribalar asosida shakllantirish usullari tadqiq etiladi.